OLIY TA’LIM MUASSASALARI VA KORXONALAR O‘RTASIDA BARQAROR HAMKORLIKNI SHAKLLANTIRISH MODELI
Keywords:
hamkorlik modeli, monitoring, mehnat bozori, amaliy tayyorgarlik, mentorlik, ish beruvchi, kasbiy kompetensiya, dual ta’lim, ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasi, barqaror hamkorlik, korxona, oliy ta’limAbstract
Maqolada oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida barqaror hamkorlikni shakllantirishning nazariy-metodik va tashkiliy-pedagogik asoslari tadqiq etilgan. Zamonaviy mehnat bozori talablarining tezkor o‘zgarishi, ishlab chiqarishning raqamlashtirilishi va kasbiy kompetensiyalarga qo‘yilayotgan yangi talablar oliy ta’lim hamda korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni qisqa muddatli amaliyot yoki alohida tadbirlar doirasidan chiqarib, uzluksiz va o‘zaro manfaatli strategik tizim sifatida tashkil etishni taqozo etishi asoslangan. “Barqaror OTM – korxona hamkorligi” tushunchasiga mualliflik ta’rifi berilgan. Hamkorlikning maqsadli-strategik, tashkiliy-institutsional, mazmuniy-integrativ, innovatsion-kommunikativ, monitoring-refleksiv va natijaviy bloklardan iborat modeli ishlab chiqilgan. Modelning ishlash mexanizmi “ehtiyojlarni diagnostika qilish – strategik rejalashtirish – integratsiyalashgan faoliyat – monitoring – korreksiya – barqaror natija” sikli asosida izohlangan. Hamkorlik samaradorligini baholash uchun kompetensiyaviy moslik, korxona ishtiroki, amaliy tayyorgarlik sifati, bitiruvchilar bandligi, innovatsion faoliyat va hamkorlik davomiyligini aks ettiruvchi mezonlar taklif etilgan
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni. - Toshkent, 2020-yil 23-sentabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-yanvardagi 14-son “Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
4. Muslimov N.A., Sharipov Sh.S., Qo‘ysinov O.A. Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yo‘llash. - Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014. - 456 b.
5. Tolipov O‘.Q., Ro‘ziyeva D.I. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2019. - 276 b.
6. Siddiqova S.G‘. Dual ta’lim sifatini oshirishda axborot-ta’lim muhitini shakllantirish // Fan va jamiyat. - 2025. - № 3-2. - B. 56-58.
7. Nsanzumuhire S.U., Groot W. Context perspective on University-Industry Collaboration processes: A systematic review of literature // Journal of Cleaner Production. - 2020. - Vol. 258. - Article 120861. DOI: 10.1016/j.jclepro.2020.120861.