INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TATBIQ ETISHNING TASHKILIY, METODIK VA PSIXOLOGIK OMILLARI
Kalit so‘zlar:
refleksiya, motivatsiya, pedagogik loyihalash, innovatsion tayyorgarlik, psixologik omil, metodik omil, tashkiliy omil, pedagogik innovatsiya, innovatsion pedagogik texnologiyaAbstrak
Maqolada oliy ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishning tashkiliy, metodik va psixologik omillari tizimli-integrativ yondashuv asosida tahlil qilingan. Innovatsion pedagogik texnologiyani joriy etish yangi metod yoki raqamli vositadan foydalanish bilangina cheklanmasligi, balki ta’lim tashkilotining boshqaruv va resurs imkoniyatlari, pedagogik jarayonning didaktik loyihalanishi hamda professor-o‘qituvchi va talabalarning innovatsiyaga psixologik tayyorligi o‘zaro muvofiqlashtirilishi lozimligi asoslangan. Mahalliy pedagog olimlarning pedagogik texnologiya, kompetentlik, kreativlik, pedagogik loyihalash, interfaol ta’lim hamda pedagogik psixologiyaga oid ilmiy qarashlari integrativ tahlil qilindi. “Innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish” tushunchasiga mualliflik ta’rifi berildi
Adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr. - Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. - 160 b.
Tolipov O‘.Q., Ro‘ziyeva D.I. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2021. - 276 b.
Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. - Toshkent, 2015. - 120 b.
Xodjayev B.X., Choriyev A., Saliyeva Z.T. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi. - Toshkent: Iqtisodiyot dunyosi, 2018. - 190 b.
Nishonova Z.T. Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya. - Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2018. - 600 b.