AMALIY TAJRIBALAR ASOSIDA TALABALARNING TAHLILIY VA DIAGNOSTIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Keywords:
kasbiy kompetensiya, korreksiya, diagnostika, refleksiya, muammoli topshiriq, tajriba ma’lumotlari, analitik tafakkur, diagnostik ko‘nikma, tahliliy ko‘nikma, laboratoriya mashg‘uloti, amaliy tajribaAbstract
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayonida talabalarning tahliliy va diagnostik ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Amaliy tajriba nazariy bilimlarni tekshirish vositasi bilangina cheklanmay, tajriba ma’lumotlarini yig‘ish, saralash, taqqoslash, qayta ishlash, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash, mavjud og‘ish va xatoliklarni diagnostika qilish, asoslangan xulosa chiqarish hamda korreksion qaror qabul qilish faoliyatini ta’minlovchi pedagogik mexanizm sifatida talqin etilgan. “Tahliliy-diagnostik ko‘nikma” tushunchasiga mualliflik ta’rifi berilib, uning analitik-kognitiv, operatsion-eksperimental, diagnostik-interpretatsion va refleksiv-korreksion komponentlari asoslangan. Talabalarning tahliliy va diagnostik faoliyatini rivojlantirish uchun “TADK” – tajriba, analitik tahlil, diagnostika, korreksiya metodik sikli ishlab chiqilgan. Metodikaning amaliy qo‘llanilishi “O‘lchash xatoliklari” laboratoriya mashg‘uloti misolida yoritilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni. 2020-yil 23-sentabr.
2. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. – 160 b.
3. Tolipov O‘.Q., Ro‘ziyeva D. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2021. – 276 b.
4. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. – Toshkent: Fan, 2007. – 312 b.
5. Acarli D.S., Dervişoğlu S. Effect of Inquiry-Based Biology Laboratory Applications on Scientific Process Skills, Attitude, Self-Efficacy and Self-Confidence // MIER Journal of Educational Studies Trends and Practices. – 2021. – Vol. 11, No. 1. – P. 15-29. DOI: 10.52634/mier/2021/v11/i1/1751.
6. Huang Y. Effectiveness of Inquiry-Based Science Laboratories for Improving Teamwork and Problem-Solving Skills and Attitudes // Journal of Research in Science Teaching. – 2022. – Vol. 59, No. 3. – P. 329-357. DOI: 10.1002/tea.21729.
7. Chen C., Rabu S.N.A., Jamiat N. Effects of a Structured Inquiry-Based Virtual Laboratory on Undergraduate Students’ Learning Achievement, Laboratory Skills, and Perceived Motivation in a Flipped Chemical Engineering Classroom // Education for Chemical Engineers. – 2026. – Vol. 56. – Article 100513. DOI: 10.1016/j.ece.2026.100513.
8. Twizeyimana E., Shyiramunda T. The Effect of Inquiry-Based Chemistry Laboratory Instruction on Students’ Conceptual Understanding: A Meta-Analysis // SAGE Open. – 2026. – P. 1-16. DOI: 10.1177/21582440261466348.