TO‘QMON MA’DAN NAMOYONI O‘RGANILGANLIGINING TANQIDIY TAHLILI VA TOG‘ JINSLARIDAGI YASHIRIN MA’DANLASHUVNI ANIQLASH ISTIQBOLLARI
Keywords:
To‘qmon ma’dan namoyoni, Shimoliy Nurota, Qo‘shrabot intruzivi, Charmitan, Gujumsoy, O‘razali uzilmasi, geologik xaritalash, geofizik tadqiqotlar, litogeokimyoviy xaritalash, oltin ma’danlashuvi va boshqalarAbstract
Mazkur maqolada Shimoliy Nurota tizmasining markaziy qismi janubiy yonbag‘rida joylashgan To‘qmon ma’dan namoyonining 1930-yillardan 1990-yillargacha bo‘lgan geologik, geofizik va geokimyoviy o‘rganilganlik tarixi kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda dastlabki mayda masshtabli geologik xaritalash, Qo‘shrabot intruzivi va unga tutash Charmitan, Gujumsoy, Qorovulxona kabi ma’dan obyektlarida olib borilgan izlash-qidiruv, geofizik (magnitorazvedka, seysmorazvedka, gassimob syomkasi) va litogeokimyoviy syomka ishlarining natijalari umumlashtirilgan. Olib borilgan ishlarning tanqidiy tahlili shuni ko‘rsatdiki, To‘qmon maydonida o‘tkazilgan geofizik tadqiqotlar mayda masshtabli va notekis bo‘lib, kompleks chuqurlik usullari qo‘llanilmagan. Asosiy geologik-qidiruv hajmlari intruzivning ekzokontakt qismiga yo‘naltirilib, O‘razali uzilmasi pozitsiyasidagi endokontakt zonasi hamda ushbu uzilma doirasida aniqlangan oltin, margimush va qo‘rg‘oshinning kompleks geokimyoviy anomaliyalari amalda baholanmay qolgan. Olingan xulosalar hududda yashirin va ko‘milgan ma’danlashuvni aniqlash, chuqurlik gorizontlarida kompleks izlash-baholash ishlarini to‘g‘ri rejalashtirish va yo‘naltirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
1. Асатуллаев Н.Р. Отчет Кошрабадской партии Зарафшанской ГРЭ о государственной геологической съемке масштаба 1:50 000 площади Кошрабадского интрузива за 1966-1968 гг. -Самарканд-Ташкент: Фонды ГФУ, 1968.
2. Дусткулов Ш.Я. Отчет Уразальской ГПП о поисковых работах масштаба 1:10 000 в пределах Уразальской площади за 1991-1994 гг. -Ташкент: Фонды ГФУ, 1994.
3. Смирнов Н.А. Отчет о геолого-съемочных работах масштаба 1:500 000 в Нуратинских горах за 1930-1933 гг. -Ташкент: Фонды ГФУ, 1933.
4. Тулегенов Т.Ж. и др. Особенности локализации оруденения в березитовой формации Чармитанского рудного поля // Геология и минеральные ресурсы. -1999. -№ 4. -С. 22-27.
5. Хамрабаев И.Х. Магматизм и постмагматические процессы Западного Узбекистана. -Ташкент: Изд-во АН УзССР, 1958. -486 с.
6. Хорват В.А. Околорудный метасоматоз и рудообразование в гранитоидных интрузивах (на примере Кошрабата). -Ташкент: Фан, 1980. -184 с.
7. Шербан И.П., Цой Р.В., Иванов И.П. и др. Околорудные метасоматиты месторождений золота Западного Узбекистана. -М.: Наука, 1990. -168 с.